Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:32

Rossiya Yevropadan sabzavot importini ta‘qiqladi


Bugun Rossiya E.coli bakteriyasi tarqalgani bois Yevropa Ittifoqiga a‘zo davlatlarning barchasidan sabzavot importiga ta‘qiq joriy qildi.

Rossiya Davlat sanitar vrachi Gennadiy Onishchenko ayni ta‘qiqni izohlay turib, Yevropaning sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchiligini tanqid qildi.

- Yevropa sanitariya tizimlari vaziyatni hal qila olishmayapti. Bu bunday holatlarning oldini olish uchun yetarli mexanizmlar ishlab chiqilmaganidan daolat beradi. Bu shunchaki kichik bir tarmoqdagi mutaxasisning g‘ingshishi emas, balki buning ortida iqtisod, odamlarning hayoti va salomatligi turibdi. Bizning sabzavotlarni Rossiyaga olib kirishga ta‘qiq qo‘yishimizga ham ana shu sabab bo‘ldi,- dedi Gennadiy Onishenko.

Yevrokomissiya Rossiya ta‘qiqini tanqid qildi. Yevropa Ittifoqining sog‘liqni saqlash komissiyasi boshlig‘i Jon Dallining yaqin orada Rossiyaga o‘z noroziligini yo‘llashi kutilmoqda.

Germaniyada Ye.coli bateriyasini yuqtirgan 1500dan ziyod bemor aniqlangan. Hozirga qadar Ye.coli yuqqan 18 odam nobud bo‘ldi.

E.coli bakteriyasi odamlarga bodringdan yuqqan, deb ko‘rilayapti.

Ushbu kasallikka chalingan insonlarda qonli ich ketish, tana haroratining ko‘tarilishi, qayt qilish kuzatiladi.

Olimlar bodringda E.coli qanday paydo bo‘lganini aniqlash ustidan bosh qotirmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti E.coli Yevropada avval uchramagan bakteriya turi ekanligini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG