Линклар

Rossiyaning Nijegorod viloyat sudi hukmiga ko‘ra, 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sharifjon Rahimov RF Jinoyat kodeksining “Nomusga tegish”, “Zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqa qilish”, “Turar-joyga noqonuniy bostirib kirish”, “Qaroqchilik”, “O‘g‘irlikka qasd qilish” moddalari bo‘yicha aybdor deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

REGNUM agentligi ma‘lumotiga ko‘ra, muqaddam sudlangan Sharifjon Rahimov 2010 yilning 26 dekabr kuni Gorodesk tumanidagi xususiy uylardan biriga bostirib kirib, uy bekasini zo‘rlab, voqea joyidan yashiringan.

Voqeaning ertasi kuni ko‘chada bir ayolning 1000 rubl pulini o‘g‘irlagan va xususiy uylardan biriga yashirincha kirib, pul solingan hamyonni o‘g‘irlab ketgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Sharifjon Rahimov qo‘lga olinib, keyin mahkamaga tortilgan.
XS
SM
MD
LG