Линклар

Rossiyaning Novosibirsk shahrida ikki nafar o‘zbekistonlik besoqolbozlik bilan shug‘ullangan mahalliy fuqaroni o‘ldirganlikda aybdor, deb topildi.

Bu haqda Ozodlikka ma‘lum qilgan Novosibirsk viloyat sudining axborot-analitika markazi rahbari Irina Koshelevaga ko‘ra, 23 va 24 yoshli o‘zbekistonliklar 28 yoshli gomoseksualist bilan Internet orqali tanishgan va unikiga shu bahonada "mehmon"ga kelib uni pichoqlab xonadagi qimmatbaho buyumlarni o‘marib ketgan.

- Novosibirsk viloyat sudining maslahatchilar hayati tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105 va 162 moddalari asosida Yoqub Hazratkulov 17,5 yil, Feruz Holiqov 17 yil qattiq rejimdagi koloniya jazosiga mahkum etildi,- dedi Novosibirsk viloyat sudining rasmiysi Irina Kosheleva.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Yoqub Hazrakulov va Feruz Holiqov Rossiya Jinoyat kodeksining qotillik va talon-taroj uchun javobgarlikni ko‘zda tutgan bir qator moddalari yuzasidan sud hayati e‘lon qilgan qaror ustidan shikoyat arizasini yuborishga huquqiga ega.
XS
SM
MD
LG