Линклар

Rossiyada bola o‘g‘irlashda ayblanib, qo‘lga olingan Yoqub Valiyev 10 yilga qamaldi, uning otasi Ig‘or Valiyev esa tergov chog‘ida vafot etdi.

Bu haqda Regnum agentligi bergan xabarga ko‘ra, 22 yoshli o‘zbekistonlik Yoqub Valiyevni Sankt-Peterburg sudi ota-onasidan pul talab qilish maqsadida 8 yoshli bolani o‘g‘irlashda aybdor, deb topgan.

Sankt-Peterburg prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Yoqub Valiyevga bu jinoyatni sodir etishda otasi va ukasi ko‘maklashgan.

Yoquv Valiyev bilan birga qo‘lga olingan otasi Ilg‘or Valiyev, prokuratura bergan ma‘lumotga ko‘ra, tergov chog‘ida sog‘ligi og‘irlashib vafot etgan. Ukasi Ramil Valiyev esa qidiruvga berilgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG