Линклар

2010 yilda GM Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan mashinalarining Rossiyadagi savdosi 45 foizga o‘sdi.

Ca-News sayti “O‘zavtosanoat” davlat shirkatiga tayanib xabar qilishicha, o‘tgan yili Rossiyaga 74419 dona Neksiya va Matiz mashinalari sotilgan.

UZ-Daewoo dilerlari 2010 yilda Qozog‘istonda avtomobil sotish rejasini ikki barabarga oshirib, 1666 dona avtomobil eksport qilishgan.

O‘tgan yili O‘zbekiston ichki bozorida 143 ming mashina sotilgan.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillar narxi joriy yilning 24 martidan boshlab 18 foizga qimmatladi.
XS
SM
MD
LG