Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:45

Rossiyada yana bir o‘shlik o‘zbek qo‘lga olindi


Rossiyaning Tyumen shahrida qo‘lga olingan Xayrullo Abdurasulov Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan O‘sh qirg‘ini paytida ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish, tartibsizliklarda ishtirok etish va hokimiyat vakillariga qurol bilan qarshilik ko‘rsatishda ayblanmoqda.

U xalqaro qidiruvga berilgan va 2011 yilning martida Tyumenda qo‘lga olingan.

- Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Abdurasulovni Qirg‘izistonga qaytarish haqida so‘rovnoma jo‘natgan. Hozir bu masalada rossiyalik hamkasblarimizdan javob kutayapmiz, - dedi Bosh prokuratura matbuot xizmati xodimi Jirg‘albek Quvanbekov.

Tyumen prokuraturasi tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, ayni paytda Xayrullo Abdurasulovni ekstraditsiya qilish masalasi yuzasidan hujjatlar Rossiya Bosh prokuraturasiga jo‘natilgan.
XS
SM
MD
LG