Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:08

Rossiyaga boruvchi mehnat muhojiri rus tilidan test topshiradi


Bundan buyon Rossiyaga pul topgani boradigan mehnat muhojirlaridan rus tili, an‘anasi va odatlari bo‘yicha bilim talab qilinadi.

Bu haqda Rossiyada chop etiladigan “Izvyestiya” nashri bergan xabarga ko‘ra, Rossotrudnichestvo — MDH davlatlari ishlari bo‘yicha Federal agentlik Markaziy Osiyo va MDH davlatlaridan keladigan mehnat muhojirlarini o‘z yurtida tegishli bilimlar bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazish tizimini ishlab chiqmoqda.

Shu bilan birga mehnat muhojirlaridan ma‘lum bir kasb-hunarga oid hujjat ham talab qilinadi.

Agar Rossiyaga borib ishlashni istagan shaxsda kasb-hunarga oid hujjat bo‘lmasa va u rus tilini bilmasa, unga o‘z yurtida o‘quv kurslari taklif qilinadi.

Rus nashri berayotgan xabarga ko‘ra, shu tariqa Rossiyaga oqib kirayotgan millionlab mehnat muhojirlari saviyasi va mehnati sifatini oshirish rejalanayotgan tizimni shu yil kuzgacha ishlab chiqish aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG