Линклар

O'zbekistonda ishlab chiqariluvchi Spark avtomobili Rossiyada o'tkazilgan "Yil avtomobili 2011" tanlovining shahar avtomobillari nominatsiyada g'olib chiqdi.

2010 yilning 1 dekabridan shu yilning 28 fevraligacha davom etgan "Yil avtomobili 2011" tanlovida Rossiyada rasman sotuvdagi avtomobillarning 20 turi bo'yicha jami bo'lib 375 avtomobil qatnashgan.

Tanlov tashkilotchilarining aytishicha, Chevrolet Spark o'zining ixchamligi, shinamligi, xavfsizlik standarlari yuqoriligi va bozorbop narxi bilan rossiyaliklar avtomobil ishqibozlariga yoqadi.

"Yil avtomobili" tanlovi Rossiyada so'ngi 11 yildan beri har yili o'tkaziladi va uning nominatsiyalarida "Avtopanorama", "Avtomir", "5 Koleso" jurnallaring mushtariylari ovoz berishadi.
XS
SM
MD
LG