Линклар

logo-print
Vladivostokdagi Russkiy orolida oylik maoshlari berilishini talab qilib, norozilik uyushtirishgan o‘zbekistonlik mehnat muxojirlariga ish haqlari berildi.
Bu haqda Ozodlikka Russkiy orolidagi ob‘ektlar qurilishining bosh pudratchisi Crocus Group kompaniyasi vakili Yekaterina Chernenko ma‘lum qildi.
- Barcha ishchilar ishga chiqdi. 150 odamning barchasiga oylik maoshlari to‘landi. Ular norozilikni to‘xtatib, ish joylariga qaytishdi,- dedi Yekaterina Chernenko.
Vladivostokda Osië Tinch Okeani Iqtisodiy Hamkorligi sammiti o‘tadigan binolarni qurishga jalb qilingan 150 nafar o‘zbek ishchilari oylik maoshlari o‘z vaqtida berilmayotganiga norozilik bildirib, ish tashlagan edi.
So‘nggi paytda Federal hukumat buyurtmasi asosida Russkiy orolida barpo etilayotgan 2012 yilning sentabr oyida Osië Tinch Okeani Iqtisodiy Hamkorligi sammiti o‘tkaziladigan shaharcha qurilishida bir necha bor ish tashlashlar kuzatilgan.
2010 yilning sentabrida 200 nafar xitoylik, joriy yilning may oyida maosh olmagan 250 nafar turkiyalik, keyinroq esa 130 nafar o‘zbek quruvchilari ish tashlagan edi.
XS
SM
MD
LG