Линклар

Chegarasiz muxbirlar tashkiloti Qirg‘iziston parlamentining Farg‘ona.ru saytini blok qilish to‘g‘risidagi qaroridan dahshatga tushganini bildirdi.
“Farg‘ona.ru saytiga kirish yo‘lini blok qilish Qirg‘izistondagi mustaqil matbuotga qilingan dahshatli hujum bo‘ladi. Farg‘ona.ru sayti 2010 yil iyun oyidagi voqealarni yoritish chog‘ida professionalizm va keskinlikni susaytirish istagini namoyish qilgan edi. Bunday ko‘rsatma Qirg‘izistonda senzura hukm surgan yomon davrni ortga qaytarmoqda”, deyiladi Chegarasiz muxbirlar tashkiloti Qirg‘iziston parlamenti qarori munosabati bilan e‘lon qilgan bayonotda.
Tashkilot o‘tgan haftada parlament komissiyasining 2010 yil iyun voqealari bo‘yicha o‘tkazgan surishtiruvlaridan xavotir bildirib, komissiya prezidentiga xat yo‘llagan edi.
Komissiya tavsiyalari parlament tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng Chegarasiz muxbirlar tashkiloti ushbu maktub matnini ham jamoatchilikka oshkor qildi.
Ushbu maktubda Farg‘ona.ru sayti mamlakatdagi “yetakchi mustaqil axborot portali”, deb, uni blok qilish niyati esa “dahshatli hujum”, deb baholangan.
XS
SM
MD
LG