Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:55

Saakashvili Rossiyani aybladi


Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisida payshanbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan voqealar paytida muxolifat harakatlarini “Rossiyada rejalashtirilgan senariy”ning amalga oshirilishidir, deb baholadi.

Payshanbaga o‘tar kechasi namoyishchilarni tarqatish paytida ikki odam qurbon bo‘ldi, qirqqa yaqin odam jarohatlandi.

Saakashvilidan oldin Gruziya tashqi ishlar vaziri Grigol Vashadze Tbilisida muxolifat namoyishini tarqatishda kuch qo‘llanilganini qoralagan Rossiya tashqi ishlar vazirligiga javoban Rustavyeli ko‘chasida o‘tkazilgan aksiyani ”rejalashtirilgan va moliyalashtirilgan provokatsiya”, deb bayonot bergan edi.

Saakashvilining iste‘fosini talab qilib chiqqan namoyishchilarni tarqatish paytida mashina urib ketishi oqibatida ikki politsiya xodimi halok bo‘ldi. Aksiya ishtirokchilaridan bir necha o‘n kishi ikki oyga qamoqqa olindi. Qamalganlar orasida muxolifat yetakchilari yo‘q.

Yevropa Komissiyasi Gruziyada siyosiy vaziyat taranglashganidan payshanba kuni tashvish bildirdi.
XS
SM
MD
LG