Линклар

logo-print
O‘zbekistondagi rasmiy va rasman izn olgan ommaviy axborot vositalari ishtirokidagi bu mediafestival mamlakat mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlandi.

"Ozod yurt to‘lqinlari” mediafestivalida “Buyuk va muqaddassan, vatan”¸ "Efirda ishbilarmon O‘zbekiston”¸ "Jamiyat – OAV – Yoshlar axborot hamkorligi va natija”¸ "Mening huquqim” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

"Ozod yurt to‘lqinlari” mediafestivali O‘zbekiston elektron OAVlari milliy uyushmasi va O‘zbekiston mustaqil bosma axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab–quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik jamg‘armasi tomonidan tashkil qilindi.

O‘zbekiston axborot agentligi habariga ko‘ra, tadbirda Samarqand viloyat hokimi ishtirok etgan.

Ayni paytda “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining dunyodagi matbuot erkinligi bo‘yicha yillik hisobotida O‘zbekiston bu borada eng so‘nggi o‘rinlardan birida turishi ta‘kidlangan.

Hisobotda O‘zbekiston¸ Shimoliy Koreya, Turkmaniston, Eritreya, Kuba, Myanma (Birma) va Xitoy so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat eng achinarli bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritilgan.

Freedom House – Ozodlik Uyi tashkiloti ham O‘zbekistonni yana matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat eng yomon bo‘lgan o‘nta davlat ro‘yxatiga kiritdi.

Reyting oxirida o‘rin olgan o‘nlikka kiruvchi davlatlarda “mustaqil matbuot yo umuman yo‘q yoxud rejim so‘zchisi vazifasini bajaradi”, deyiladi Freedom Housening joriy yil mayida e‘lon qilingan hisobotda.
XS
SM
MD
LG