Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:42

Sankt-Peterburgda o‘zbekni o‘ldirgan taqirboshlar aybi isbotlandi


Sankt-Peterburg shahar sudi ikkita qotillikda aybdor, deb topilgan 19 nafar taqirbosh millatchini to‘qqiz yilgacha bo‘lgan qamoq jazolariga hukm qildi.

Frans Press agentligi sud matbuot vakiliga tayanib, bir o‘zbek va bir armanini o‘ldirgani isbot qilingan taqirboshlar guruhi yetakchisi to‘qqiz yilga kesilganini xabar qildi. Rus millatchilari guruhi a‘zolarining qolganlari yetti yilgacha qamoqqa mahkum qilingan.

Sud taqirboshlar 2007 yil davomida slavyan millatiga mansub bo‘lmaganlarga nisbatan 12 jinoyat, jumladan ikkita qotillik sodir etganini isbotlagan.

Prkurorlarning aytishlaricha, ular o‘zlari sodir etgan jinoyatlarni videoga olib, Internetga joylashtirgan.
XS
SM
MD
LG