Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:40

"Women2Drive": Saudiyalik ayollar avtomobil haydash huquqi uchun kurashmoqda


Saudiya Arabistonida avtomobil haydagani uchun hibsga olingan ayol bir necha kundan buyon qator Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning e'tibori markazida kelmoqda.

Joriy yilning may oyida 32 yoshli Manal al-Sharif va unga yaqin bo'lgan bi necha ayol Saudiya Arabistonida ayollarning avtomobil haydashini taqiqlaydigan qonunga qarshi "Women2Drive" (Ayollar Avtomobil Haydashi uchun) onlayn norozlik aksiyasini boshlagan edi. Aksiya tashkilotchilari Internet orqali saudiyalik ayollarni 17 iyun kuni ko'chaga avtomobil haydab chiqishga chaqirishmoqda.

Eslatamiz, Saudiya Arabistoni ayollarga avtomobil minishni taqiqlaydigan dunyodagi yagona mamlakatdir. Ayollar avtomobil haydash ta'qiqlangani sabab aksar oilalar shaxsiy haydovchilar yollashadi. Haydovchi yollashga qurbi yetmagan oilalardagi ayollar esa erkak qarindoshlari yordamisiz ko'chaga chiqisholmaydi.

"Women2Drive" aksiyasi asoschisi Manal al-Sharif norozilik aksiya doirasida o'zi yashaydigan Xobar shahrining ko'chalarida mashina minib yurganini videoga tortib, YouTube saytiga joylashtirdi va Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifada chop etdi.



Videoda al-Sharif norozilik aksiyasiga izoh berdi.

- Bu saudiyalik ayollarga [avtomobil minishga] yordam berishga qaratilgan ixtiyoriy aksiyadir. Hech bo'lmasa eng kerakli hollarda. Aytaylik, agar birov yurak xurujiga uchrab, unga zudlik bilan yordam kerak bo'lib qo'lsa. Xudo asrasin," deydi taqiqlarga qaramasdan avtomobil haydab ketayorgan Manal al-Sharif.

Video Internetda keng tarqalib ketganidan so'ng Manal al-Sharif diniy politsiya tarafidan avtomobil haydagani uchun hibsga olindi. Hibsda bir necha soat bo'lgan Manal al-Sharif boshqa avtomobil haydamaslik sharti ostida qo'yib yuborilgan edi.

Biroq, oradan ko'p o'tmasdan, 22 may kuni Manal al-Sharif diniy politsiya tarafidan avtomobil haydagani uchun yana bir bor hibsga olindi. Al-Sharifning advokati Volid Abul Xayrning aytishicha, Manal al-Sharif 5 iyungacha hibsda ushlanib turiladi.

Aytib o'tish joiz, Manal al-Sharif va uning yaqinlari Facebook saytida ochgan "Men o'zimni himoya qila olishim uchun menga avtomobil haydashni o'rgating" sahifasi qariyb 12 ming a'zoga ega bo'lgandan so'ng saytdan noma'lum shaxslar tarafidan o'chirib tashlangan edi. Norozilik aksiyasi tashkilotchilarining Twitter sahifasi ham ishdan tushunarsiz sabablar bilan ishdan chiqdi. Biroq, bunday to'siqlarga qaramasdan, aksiya tashkilotchilari Facebookdagi sahifani qaytatdan ochib, aksiyani davom ettirishmoqda.

"Women2Drive" aksiyasi tashkilotchilari 17 iyun kuni saudiyalik ayollarga norozilik aksiyasiga qo'shilib, ularni quyidalarni qilishga chaqiradi:

- Xalqaro haydaovchilik guvohnomasiga ega bo'lgan ayollarni Saudiya Arabinstoni ko'chalariga avtomobil haydab chiqishga;
- Ayollarning avtomobil haydayotganini suratga olib, Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifaga joylashtirishga;
- Avtomobil haydayotganda kiyim kiyish qoidalariga (hijob) rioya qilishga;
- va yo'l qoidalariga bo'y sunishga va huquqni nazorat qilish organlari tarafidan to'xtatilganda ular bilan baxslashmaslikga.

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda Manal al-Sharifning tarafdorlari bilan birgan unga qarshi bo'lganlar soni ham ortib bormoqda. Bir guruh saudiyalik ayollar Facebook saytida Manal al-Sharif va uning yaqinlari tashkil qilgan aksiyaga qarshi aksiya boshlashgan edi. Biroq, Facebookdagi "Men avtomobil haydashni hoxlamayman. Men p'z huquqlarimni hoxlayman" deb nomlangan anti-sahifa ayrim sababalarga ko'ra Facebook ma'muriyati tarafidan o'chirib tashladi.

Aziz mushtariy, sizchi? Siz ayollarning avtomobil haydash huquqiga qanday qaraysiz?
XS
SM
MD
LG