Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:49

Sehrgar Garri Potter yana rekordlarni urmoqda


Millionlab insonlarning qadrdon kinoqahramoniga aylanishga ulgurgan yosh sehrgar Garri Potter yana rekordlarni urmoqda. Sehrgar va uning do'stlari haqidagi kinoepopeyaning so'ngi qismi "Garri Potter va o'lim tuhfalari: 2 qism" filmining kinokassalardan to'plagan puli o'tgan dam olish kunlari 1 milliard 133 millionga yetdi.

Shunday qilib, "O'lim tuhfalari" filmi kino tarixida eng ko'p pul to'plagan filmlar beshtaligining uchinchi o'rniga chiqib oldi. Premyerasiga atigi bir oy to'lgan film bu beshtalikda hozircha taniqli rejisor Jeyms Kameronning "Avatar" va "Titanik" filmlaridan ortda qolmoqda.

Kino tarixida eng ko'p pul to'plagan kinolarning beshtaligi hozircha quyidagicha:

  • - "Avatar" - 2,782 milliard AQSh dollari
  • - "Titanik" - 1,843 milliard AQSh dollari
  • - "Garri Potter va O'lim tuhfalari" - 1,133 milliard AQSh dollari
  • - "Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi" - 1,119 milliard AQSh dollari
  • - "Karib dengizi qaroqchilari: Murda sandig'i" - 1,066 milliard AQSh dollari

"Garri Potter va O'lim tuhfalari: 2 qism" filmi angliyalik yosh sehrgar Garri Potter hayotini bayon etuvchi kinoepopeyadagi sakkizinchi va yakunlovchi filmdir. Film mazmuni markazida Xogvarts sehrgarlar maktabi uchun kurash va birinchi filmdan beri ancha ulg'ayib qolgan Garri Potterning yovuz lord Volab-de-Mort bilan yakuniy to'qnashuvi joy olgan.

Bosh rollarda Daniel Redklif, Rupert Grint, Emma Uotson va boshqalar. Film rejisori Devid Yets. Film yozuvchi Joan Rouling shu nomli asari asosida suratga olingan.
XS
SM
MD
LG