Линклар

Sen faqirmi, men faqir?


Qirg‘izistondagi eng boy odamlardan biri o‘laroq shuhrat qozongan Bosh vazir o‘rinbosari O‘murbek Babanovning butun boyligi, u topshirgan deklaratsiyaga ko‘ra, 12 ming dollarlik kvartira va 7 ming dollarlik avtomashinadan iborat, xolos.

Qirg‘izistondagi eng boy odamlardan biri o‘laroq shuhrat qozongan Bosh vazir o‘rinbosari O‘murbek Babanovning butun boyligi, u topshirgan deklaratsiyaga ko‘ra, 12 ming dollarlik kvartira va 7 ming dollarlik avtomashinadan iborat, xolos.

Qirg‘izistonda davlat amaldorlarining mol-mulklari to‘g‘risida topshirgan deklaratsiyalari o‘rganilganda ularning ko‘pchiligi o‘z boyliklarini oddiy xalqdan yashirishi ma‘lum bo‘ldi.

Agar soliq deklaratsiyasiga ishonadigan bo‘lsak, Qirg‘izistondagi eng boy amaldor Bosh vazir Almazbek Atambayev ekan. U 2010 yilda 500 ming dollarga uy sotib olibdi, bundan tashqari, uning 6 million dollarlik ko‘chmas mulki va bir qator qimmatbaho avtomashinalari bor ekan.

Xalq orasida Qirg‘izistondagi eng boy odam deb shuhrat qozongan Bosh vazir o‘rinbosari O‘murbek Babanovning deklaratsiyasi esa barcha fuqarolarni hayratga soldi. Deklaratsiyaga ishonsak, O‘murbek Babanov 12 ming dollarlik kvartira va 7 ming dollarlik avtomashinaga ega. Uning shundan boshqa boyligi yo‘q ekan.

Prezident O‘tunbayeva esa deklaratsiyada Bishkekda bitta kvartirasidan boshqa mulki yo‘qligini ko‘rsatgan. Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Keneshbek Duyshebayevning 3 ta uyi, 3 ta avtomashinasi va bitta yer uchastkasi bor ekan.

Almazbek Atambayevdan tashqari hukumatning barcha amaldorlari deklaratsiya to‘ldirar ekanlar, o‘zlarini mana shunday bechorasifat qilib ko‘rsatishgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston parlamentida o‘tirgan mamlakatning eng boy odamlari ham o‘z deklaratsiyalarida boyliklarini to‘la ko‘rsatmaganlar. Masalan, Feliks Qulov deklaratsiyada bitta kvartirasi va bitta hovlisi borligini bildirgan. Ekspertlar fikricha esa, Feliks Qulov Qirg‘izistondagi eng boy odamlardan biridir.

Bishkek tadbirkorlar klubi a‘zosi Baqay Junusovning aytishicha, amaldorlarning deklaratsiyasi tahlil qilinar ekan, ular tomonidan boyliklari yashirilganini sezish mumkin.

- Faqatgina Bosh vazir Almazbek Atambayevning deklaratsiyasi haqiqatga yaqin. Bosh vazir o‘rinbosari O‘murbek Babanovning deklaratsiyasiga esa yosh bola ham ishonmaydi. U faqat arzongina kvartirasi va mashinasi borligini yozibdi. Holbuki, Babanovning Qirg‘izistondagi eng boy odamligini butun aholi biladi, - deydi Baqay Junusov.

Tahlilchi Esen Mo‘munqulovning aytishicha, Qirg‘izistonning boy odamlari boyliklarini o‘z nomiga emas, boshqalarning nomlariga rasmiylashtirishni ma‘qul ko‘radilar, shu sababli ham amaldorlar va boylarning nomlariga deryali hech qanday mulk ro‘yxatga olinmaydi.

- Qirg‘iziston kichkina davlat. Shuning uchun ham siyosatchilar o‘z boyliklarini xalqdan yashira olmaydilar. Ammo Qirg‘izistonda mol-mulkni asosan qarindoshlar va ishonchli odamlar nomiga rasmiylashtirish odat bo‘lib qolgan. Bu Sho‘rolar davridan qolgan odat. Masalan, sobiq prezident Asqar Aqayevning nomida faqat bittagina Volga avtomashinasi bor edi, xolos. Qolgan boyliklarining barchasi esa qarindoshlari va ishonchli kishilar nomiga rasmiylashtirilgan edi, - deydi Esen Mo‘munqulov.

Qirg‘izistonda amaldorlar tomonidan soliq deklaratsiyasi to‘ldirilishi majburiydir va bu korruprsiyaga qarshi kurashning usuli sifatida talqin etiladi. Amaldorlar tomonidan deklaratsiya to‘ldirilishini Davlat kadr xizmati nazorat qiladi. Ammo mazkur tashkilot rahbari Cho‘lpo‘nqul Arabayevning aytishicha, bugungi kunda to‘ldirilgan deklaratsiyalarni tekshirish va boyligini yashirgan amaldorlarni jazoga tortish mexanizmi qonunchilikda belgilanmagan.

- Bugungi kunda qonunchilikka asosan deklaratsiyadagi ma‘lumotlarning to‘g‘riligiga amaldor faqat o‘z vijdoni oldidagina javob beradi. Shuning uchun ham amaldagi qonunchilikka o‘zgartishlar kiritish va yolg‘on ma‘lumotlarni yozgan amaldorlarga jazo choralarini qo‘llash kerak, deb hisoblaymiz, - deydi Cho‘lpo‘nqul Arabayev.
XS
SM
MD
LG