Линклар

Serial, futbol va kompyuter o‘yinlari o‘zbeklar shuurini egalladimi?


O‘zbekistonliklar orasida Koreya va Lotin Amerikasida ishlangan seriallarni oilaviy ko‘rish odatga aylanib bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar orasida Koreya va Lotin Amerikasida ishlangan seriallarni oilaviy ko‘rish odatga aylanib bo‘lgan.

Sarlavhadagi bu savol javobini Qurultoy dasturida izladik.

Obid Asomovning koreys seriallari haqida: “Nega biz ularni ko‘rishimiz kerak? O‘zbekning basharasini koreyslar ko‘rsa bo‘lmaydimi?” degan hajviyasini o‘zbeklarning ko‘pchiligi eshitgan.

Qurultoyda ishtirok etgan toshkentlik tahlilchi Malik Abdurazzoqov o‘zi o‘tkazgan tadiqiqod natijalarga asoslanib o‘zbek yoshlari shuuri jo‘n seriallar, futbol va kompyuter o‘yinlari vositasida falaj qilinganini aytdi.

Malik Abdurazzoqov “falokat” deya ta‘riflagan bu holat O‘zbekiston hukumati uchun ham xayrli bo‘lmasligini alohida ta‘kidladi.

- Ongi seriallardagi primitiv tushunchalar orqali shakllanganlar qatlami tobora kengaymoqda va bu guruh davlat va millat taraqqiyotini orqaga ketkazadigan darajada xatarli, deydi Malik Abdurazzoqov.

Qurultoy eshittirishida ishtirok etgan 18 yashar litsey talabasi Jasur va 17 yashar Zarnigor ham TV seriallar, ayniqsa koreys seriallarida uydirilgan “hayotga” taqlid qilish ommaviy tus olganini aytishdi.

Ayollarning seriallarga mukkasidan ketishi, erkaklarning faqat futbol ko‘rib futbol haqida bahslashishi jamiyatda siyosatning yo‘q qilinganidan dalolat, der ekan Malik Abdurazzoqov o‘zligini anglamagan, Qodiriy, Cho‘lponlarni bilmagan yosh avlodni 20 yillik Karimov rejimi konvyeyeridan chiqqan brak mahsulotga o‘xshatdi...

Qurultoyda yangragan barcha fikrlarni to‘laligicha quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG