Линклар

O'zbekistonda qish fasli kirib kelgan iliq bahorga o'rin bergisi kelmayotganga o'xshaydi - kecha 25 daraja atrofida isigan Toshkentda bugun qor yog'moqda.

Tabiatning bu injiqligini qanday tushunsa bo'ladi? Bu hodisa ekologlar bong urayotgan "issiqxona effekti" ta'sirida yuz berayotgan iqlim o'zgatishi tufaylimi yoki boshqa bir kuchlar sabablimi?


Qaysi biri bo'lmasin bugungi kunda bu borada odamlar orasida har-hil gaplarni uchratsa bo'ladi. To'satdan kelgan qorga sabab deb aytilayotgan eng qiziq va zamonbop "versiyalar"dan biri bu Yaponiyada yuz bergan zilzila sabab yer kurrasining aylanish o'qining qariyb 10 santimetrga jilishidir. Ex, odamlar parallel chiziqlar chizishni juda yaxshi ko'rishadi-da...
XS
SM
MD
LG