Линклар

logo-print
Yanvar oyi boshida Olmazor tumanidan olib tashlangan general Sobir Rahimovning haykali Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi parkka o‘rnatildi.

Bu haqda Gazeta.uz internet nashri xabar qildi. 1981 yilda o‘rnatilgan harbiy qo‘mondonning haykali oldin Olmazor tuman hokimiyati oldida bo‘lgan.

Hozir uning o‘rni ko‘kalamzorlashtirilgan.

Bilmasvoylar uchun: Sobir Rahimov 1902 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan va mehribonlik uyida tarbiya olgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida Sovyet qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan general Rahimov janglarda bir necha marta yaralangan. "Qizil Bayroq" ordeni bilan taqdirlangan.

General Sobir Rahimov 1945 yil 26 martda jang maydonida olgan jarohatdan vafot etgan.
XS
SM
MD
LG