Линклар

logo-print

So‘g‘dda xavfli kimyoviy modda qo‘lga olindi


Kuzatuvchilar kontrabanda mahsulotlari Tojikistonga kuch ishlatar tizimlar vakillari yordamida olib kirilayotganini aytadilar.

Kuzatuvchilar kontrabanda mahsulotlari Tojikistonga kuch ishlatar tizimlar vakillari yordamida olib kirilayotganini aytadilar.

Tojikistonda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kontrabanda qilingan 20 tonna kimiyoviy modda musodara qilindi.

So‘g‘d viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi vakillari mintaqaga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan qariyib sakkiz tonna zaharli va inson salomatligiga havfli kimiyoviy moddalarni musodara qilishdi.

Kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi rahbari Inom Ochilovning so‘zlariga ko‘ra, kontrabanda Tojikistonning Isfara va Qirg‘izistonning Botken tumanlari o‘rtasidagi Vorux qishlog‘i yonida musodara qilingan.

Kontrabandani Tojikiston tomoniga o‘tkazgan qirg‘izistonliklarni qo‘lga olish imkoni bo‘lmagan. Tojikistonlik haydovchi va kontrabanda mahsuloti egasi Muhabbat Bekmurodova hibsga olingan.

Tojikistonlik olim, ximiya fanlari doktori Muzaffar Yunusovning aytishicha, zaharli va inson salomatligiga xavfli bo‘lgan kimiyoviy moddalar farmatsevtika sohasida, mineral o‘g‘itlar tayyorlashda ishlatiladi. Lekin bu unsurlardan portlovchi moddalar ham tayyorlash mumkin.
XS
SM
MD
LG