Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:55

So‘nggi bir yil ichida 70 jurnalist quvg‘inga uchradi


O‘tgan bir yil mobaynida jahon bo‘ylab qariyb 70 jurnalist vatanidan quvg‘in qilingan, ularning yarmi dunyodagi eng repressiv davlat deb ko‘riladigan Kuba va Eron hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Nyu Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi e‘lon qilgan yangi hisobotda keltirilishicha, bu ikki davlatning har biridan so‘nggi 12 oy ichida 18 jurnalist qochishga majbur bo‘lgan.
Tashkilotga ko‘ra, 2001 yilning 1 avgustidan joriy yilning 31 mayiga qadar O‘zbekistondan 18 jurnalist quvg‘inga uchragan.
Ayniqsa, Andijondagi 2005 yil 13 may kungi qirg‘in ortidan jurnalistlarning O‘zbekistondan qochishi ko‘paygan.
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, qochqin jurnalistlarni qabul qilib oluvchi davlatlar asosan AQSh, Britaniya, Kanada va Shvyesiya kabi davlatlardir.
XS
SM
MD
LG