Линклар

logo-print

Sony internet tarmog‘idan yana 1 milliondan ortiq ma‘lumot o‘g‘irlandi


Sonyning Playstation Portables (PSPs) va boshqa video o‘yinlari nafaqat bolalar, balki kattalar orasida ham ommalashgan.

Sonyning Playstation Portables (PSPs) va boshqa video o‘yinlari nafaqat bolalar, balki kattalar orasida ham ommalashgan.

Xakerlar guruhi Sony tarmog‘iga hujum qilib, u yerdagi 1 milliondan ortiq kalit so‘z, elektron pochta manzili va boshqa shaxsiy ma‘lumotlarni o‘g‘irlaganini aytmoqda.

O‘zini LulzSec , deb atayotgan hakerlar guruhi arzimagan hujumi bilan Sonyning “sharmandali” darajada ojiz tarmog‘i xavfsizlik tizimini buzib kirganini aytmoqda.

Sony shirkati esa LulzSec guruhining harakatlaridan boxabar bo‘lgani va uning ortidan tekshiruv olib borayotganini aytdi.

Aprel oyida hakerlar Sonyning PlayStation Network tarmog‘iga kirib, 77 milliondan ortiq faol ishtirokchiga tegishli shaxsiy ma‘lumotlarni o‘g‘irlagan edi.

Bu hujum internet tarixidagi eng yirik hakerlik hujumi sifatida qayd etilgan va bundan so‘ng Sony shirkati PlayStation Network hamda boshqa onlayn xizmatlarini bir oydan ortiq muddatga yopib qo‘yishga majbur bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG