Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:54

Sony Internet tarmog‘i yana xakerlar hujumiga uchradi


O‘zlarini Lulz Security deb atayotgan xakerlar guruhi Sony shirkatining Internetdagi tarmog‘ini buzib, u yerdagi foydalanuvchilarning millionlab parollari, pochta adreslari va ularning boshqa shaxsiy ma‘lumotlarini o‘g‘irlaganini ma‘lum qildi.

“Tarmoqdagi birgina teshik orqali u yerdagi butun ma‘lumotlar bazasiga kirishga muvaffaq bo‘ldik”, deyiladi xakerlar guruhi yozib qoldirgan bayonotda.

Sony shirkati bundan xabardor ekani va hodisa o‘rganilayotganini aytmoqda.

Aprel oyida xakerlar Sony shirkatining PlayStation tarmog‘ini buzib, u yerdan millionlab ma‘lumot o‘g‘irlashgan va bu hodisa Internet tarixidagi eng mudhish xakerlik huruji sifatida ko‘rilgan edi.
XS
SM
MD
LG