Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:25

"Sotka"dan ehtiyot bo‘ling!


Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti uyali telefonlar miya saratoni kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

"Miya saratoni, miyaga qon quyilishi kabi xastaliklar manbai uyali telefonlar bo‘lishi ehtimolini nazardan qochirmaslik kerak", deyiladi tashkilot olib borgan tadqiqot hulosasida.

Mutaxassislarga ko‘ra, uyali telefonlardan haddan tashqari ko‘p foydalanish miyada o‘smaning ikki turi - glioma va meningiomalarning rivojlanish xavfini oshirarkan.

Lekin, olimlarga ko‘ra, cho‘ntak telefonlarining ta‘siri borasida hali ko‘p narsalar noma‘lum va telefonlarning inson salomatligiga zarari haqida to‘liq ishonch hosil qilish uchun hali ko‘proq tadqiqot olib borish kerak bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG