Линклар

Eng keksa animatsiya studiyalaridan biri¸ "Soyuzmultfilm" bugun 75 yoshga kirdi.

“Qizil chechak”¸ "Maugli", Nu,pogodi", "Tomdagi Karlson", "Bremen mashshoqlari"¸ “Tumandagi kirpi” kabi mashxur multfilmlar ayni studiya mahsulotidir.

75 yillik to‘y arafasida bir guruh rus multfilm ustalari Rossiya hukumatiga maktub bilan chiqib, kinostudiya va rassomlarning ayanchli ahvolini bayon qilishdi.

Maktubda "Soyuzmultfilm" jamoasi moliyaviy¸ ma‘muriy va hududiy qaram holga kelgani hamda multiplikatsiya janri falaj qilingani aytiladi.

Animator rassomlar studiya davlat nazorati va qo‘llab quvvatlashiga muhtoj ekanini ta‘kidlashdi.

"Soyuzmultfilm" studiyasi 1936 yil tashkil qilingan bo‘lib, o‘zbek multfilm ustalarini ham yetishtirgan dargoh hisoblanadi.

O‘zbekistonda suratga olingan “Zumrad va Qimmat”¸ ”Yoqimli yomg‘ir yog‘adi” multfilmlari "Soyuzmultfilm" yordamida yaratilgan.
XS
SM
MD
LG