Линклар

logo-print
Britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Sting 4 iyul kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertini bekor qildi.

Bunga Amnesty International tashkilotining Qozog‘istonda neft sohasi ishchilariga nisbatan ta‘qiblar bo‘layotganini xabar qilgani sabab bo‘ldi.

May oyida UzenMunaiGas shirkatining ishchilari o‘z maoshlarining kamaytirilganiga norozilik o‘laroq, ish tashlagan edi.

O‘tgan hafta UzenMunaiGas matbuot vakili 250 nafar ishchi shartnoma shartlarini buzganligi bois ishdan bo‘shatilganini ma‘lum qildi.

2009 yilda O‘zbekistonda bergan konserti uchun keskin tanqidlarga uchragan Sting Qozog‘istonda ishchilarga bo‘lgan munosabatni “nomaqbul”, deya baholadi.

Uning konserti dushanba kunga belgilangan edi.
XS
SM
MD
LG