Линклар

O'zbekistonning kundan-kunda kengayib borayotgan milliy ".uz" domen zonasida yana bir ajoyib vebsayt paydo bo'ldi. Sayt dunyoni zabt etayotgan "Tishlangan olma", ya'ni Apple shirkatining rahbari Stiv Jobsga (Steve Jobs) ruhiy madat ko'rsatish uchun yaratilgan.

- Aminmanki oramizda insoniyatning rivojlanishiga qo'shgan muhim hissasi uchun Stiv Jobsga so'glik-salomatlik va yaxshi tilaklar tilamoqchi insonlar ko'p. Sayt esa huddi shu maqsadda ochilgan, deb yozadi sayt muallifi toshkentlik Ruslan Xudyakov.

Eslatamiz, Apple rahbari Stiv Jobs 2004 yildan beri qattiq kasal. Saraton kasaliga chalingan Jobs 2004 yilning 31 iyulida operatsiya stoliga yotadi. Operatsiya muvaffaqiyatli o'tishiga qaramasdan Stiv Jobsning sog'ligi tez-tez pand berib turadi. U shu yilning 17 yanvar kuni sog'ligi yomonlashgani tufayli tatilga chiqdi.

Stiv Jobsga sog'lik tilamoqchi bo'lgan o'zbekistonliklar esa www.steve.uz saytida ko'rsatilgan mobil raqamiga o'z tilaklari yozilgan SMS jo'natishlari mumkin. Sayt muallifining aytishicha, SMSlar darhol saytga qo'yiladi.

"Salom Steve aka! Tug'ilgan kuniz bilan tabriklimiz! Bollaga bosh bo'lib, kenayim bilan qo'sha qarin. Tishlangan olmez hech qachon irib ketmasin. :-)", deyiladi Stiv Jobsga www.steve.uz saytiga kelgan SMSlardan birida.

Bilmasvoylar uchun:


1955 yili tug'ilgan Stiv Jobs 1976 yili Stiv Vozniak (Stive Wozniak) va Ronald Ueyn (Ronald Wayne) bilan birga Aplle Inc. kompyuterlar ishlab chiqaruvchi shirkatiga asos solgan. Bugungi kunda Apple nafaqat kompyuter va noutbuklar, balki planshet va mobil telefonlari ham ishlab chiqarmoda. Apple shirkatining maxsulotlari o'ziga hos sifati bilan boshqalardan ajralib turadi. iPad, iMac, MacBook (Pro, Air), Mac mini kompyuterlari, iPod pleyeri va taniqli iPhone mobil telefoni ko'pchilikka tanish.

Stiv Jobs ko'pchilikka o'zining qora jemperi va kamari bolmaganda tushib ketadigan jinsi shimi bilan tanish. Stive Jobs bu "uniformani" har gal Apple ning yangi maxsuloti tq marosimida kiyib chiqdi.

Forbs jurnalining hisob-kitobiga ko'ra Stiv Jobs kamida 5 milliard dollar egasi.
XS
SM
MD
LG