Линклар

logo-print
Antonio Stradivari yasagan noyob skripka Londondagi kimoshdi savdosida 16 million dollarga sotildi.
1721 yilda yasalgan va "Lady Blunt" deb nomlangan skripkani sotib olgan odam ismi oshkor etilmayapti.
XIX asrning ikkinchi yarmida bu skripka mashxur shoir Bayronning nevarasi Anna Blantga tegishli bo‘lgan.
So‘nggi bor bu skripka 1971 yilda "Sotheby's" auksionida 84 ming futn sterlingga sotilgan edi.
"Lady Blunt" Stradivari yasagan va hozirgacha saqlanib qolgan 600 ga yaqin skripkaning biri.
Uning sotilishidan ko‘rilgan foydaning bir qismi Yaponiyadagi zilzila jabrdiydalariga yordam uchun sarflanadi.
XS
SM
MD
LG