Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:55

Stross-Kanning DNKsi oqsoch kiyimidan topildi


Donimik Stross-Kan Manxetten Jinoiy ishlar Sudi zalida.
Donimik Stross-Kan Manxetten Jinoiy ishlar Sudi zalida.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining endilikda sobiq rahbari Dominik Stross-Kanning DNK izlari Nyu-Yorkdagi mehmonxona oqsochi kiyimlaridan topildi.

Bu haqda dushanba kuni Amerikaning NBC telekanali xabar qildi.

Aybni inkor qilayotgan Stross-Kan shu kunda Nyu-Yorkda uy qamog‘ida yashamoqda.

Mehmonxona oqsochiga jinsiy tajovuz qilgan, degan ayblov e‘lon qilinganidan so‘ng Stross-Kan Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarligidan iste‘fo berishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari 2012 yili o‘tajak Fransiya prezidenti saylovida ishtirok etishi ham gumon bo‘lib turibdi.

Muxolifatdagi sotsialistik partiyadan nomzod sifatida Stross-Kan amaldagi prezident Nikolya Sarkoziga eng jiddiy harif, deb hisoblanayotgan edi.
XS
SM
MD
LG