Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 03:32

Suriyada 120 politsiyachi o‘ldirildi


Suriya davlat televideniyasi mamlakat shimoliy-g‘arbida qurollangan isyonchilar bilan to‘qnashuv chog‘ida 120 nafar xavfsizlik xizmati xodimi o‘ldirilganini ma‘lum qildi.
Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, Suriya politsiyasi Jisr al-Shug‘ur shahrida qamal holatida bo‘lgan isyonchilar bilan janglarni davom ettirmoqda.
Suriya ichki ishlar vaziri Ibrohim Shaar isyonchilarga beriladigan javob zarbalari “qat‘iy” bo‘lajagini ta‘kidladi.
Bo‘lgadagi faollarga ko‘ra, namoyishchilarga qarshi o‘q otishdan bosh tortgani uchun bir mirshab qatl qilinganidan keyin mahalliy politsiya bo‘limida isën chiqqan.
Bu xabarni tasdiqlash yoki inkor qilish Suriyada muxbirlarga joriy qilingan cheklov bois imkonsiz qolmoqda.
Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, Jisr al-Shug‘urdagi zo‘ravonliklar paytida tinch aholidan 19 kishi o‘lgan.
Suriya xavfsizlik kuchlarining hukumatga qarshi namoyishlarni bostirish uchun 4 iyun kuni boshlangan amaliyotlari dushanba kuni ham davom etgani aytilmoqda.
Inson huquqlari tashkilotlari ma‘lumotiga ko‘ra, Suriyada mart oyida hukumatga qarshi namoyishlar boshlanganidan beri mingdan ortiq fuqaro o‘lgan, kamida 10 ming kishi hibsga olingan.
XS
SM
MD
LG