Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:51

Suzoqlik tarjimon Qodirjon Botirovni jazolashni so‘ramoqda


Suzoqlik Abdulla Yusupov Bishkekda o‘tgan matbuot anjumanida o‘zbeklar lideri Qodirjon Botirov jazolanishi lozimligi haqida gapirdi.
Suzoqlik Abdulla Yusupov Bishkekda o‘tgan matbuot anjumanida o‘zbeklar lideri Qodirjon Botirov jazolanishi lozimligi haqida gapirdi.
27 yanvar kuni Bishkekda o‘zini o‘zbek diasporasi vakili deya tanishtirgan Abdulla Yusupov matbuot anjumani berdi. U qirg‘iz rasmiylarini Qodirjon Botirovni Qirg‘izistonga qaytarib kelib, javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Kasbi arab tili tarjimoni ekanini aytgan suzoqlik Abdulla Yusupov Qirg‘iziston xukumatidan mamlakatga Qodirjon Botirovni olib kelishni va javobgarlikka tortishni talab etdi.

Сузоқлик таржимон матбуот анжуманида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:45 0:00
Бевосита линк


Unga ko‘ra, Qirg‘iziston janubida fuqarolar iyun voqealarining takrorlanishidan qo‘rqib yashamoqdalar. Shu boisdan, Abdulla Yusupovning aytishicha, janubliklar Qodirjon Botirovning qo‘lga olinishini talab etishgan.

- Qodirjon Botirov avtonomiya tuzishga chaqirgan edi. U yangi hukumatning kuchsizligidan foydalanib, unga ishongan aholidan foydalandi va tuhmat yo‘llari bilan to‘qnashuvga olib keldi. Uning aybi bilan 15-20 nafar odam bir umrlik qamoqqa hukm qilindi. Qodirjon Botirovning o‘ziga nisbatan esa hech qanday javobgarlik choralari qo‘llanilmadi. Aslida qirg‘izlar va o‘zbeklar munosabatini u buzib tashladi, - dedi Abdulla Yusupov.

U Muvaqqat hukumat nima uchun Qodirjon Botirovni avvalroq javobgarlikka tormaganini tushunmaganini aytadi.

- U (Qodirjon Botirovni nazarda tutmoqda - tahr.) o‘sha paytda o‘zining univyersitetida 30-50 ming o‘zbekni bir oy davomida yig‘ib, qonli to‘qnashuvlarga olib keladigan o‘yinini boshlagan edi. Bu haqida milliy komissiyaning xulosasida ham aytilgan. Muvaqqat hukumatning ba‘zi a‘zolari jim kuzatib turishdi. O‘zbek jamoasining bir qancha vakillari Muvaqqat xukumatning Botirovning avtonomiya haqidagi rejalaridan voqif ekanligini va hech qanday chora qo‘llamaganligini aytishmoqda, - deya fikr bildirdi Abdulla Yusupov.

Shuningdek, Abdulla Yusupov Qirg‘iziston janubidagi o‘zbeklar Qodirjon Botirovning hisobidan o‘ziga yangi uy qurib berilishini talab qilayotganlarini ham aytdi.

- Biz o‘zbeklar, O‘zbekistonda o‘zbek bayrog‘i ostida yashayotgan qirg‘izlar kabi, qirg‘iz bayrog‘i ostida yashashni istaymiz. Biz Qirg‘iziston rivoji bizning rivojlanishimiz ekanini yaxshi tushunamiz, - dedi Yusupov.

Abdulla Yusupov o‘zining bu chiqishidan so‘ng unga nisbatan Qodirjon Botirov tarafdorlari tomonidan tazyiq bo‘lishi mumkinligini ham ehtimoldan holi emasligini qo‘shimcha qildi.

Qayd etish joizki, mazkur matbuot anjumani Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Matbuot anjumanida ishtirok etgan ayrim jurnalistlar o‘sha yerning o‘zidayoq bu tadbirning buyurtma ekanini aytishdi.
XS
SM
MD
LG