Линклар

Bugungi kunning dunyodagi eng yirik qidiruv tizimi bo'lmish Google o‘z faoliyatini qayerda boshlaganini bilasizmi? Siz o'ylagan devorlalari shishadan yasalgan ko'p qavatli binolarda emas, xonalari keng, yorug' va texnologiyaning so'ngi "qiyqirig'i" bilan jihozlangan ofislarda emas... Google Syuzan Voajich (Susan Wojcick) ismli ayolning shaxsiy garajida o'z faoliyatini boshlagan.

1998 yili ijaraga olingan Syuzan Voajichning garajida o‘z faoliyatini boshlagan Google korporatsiyasi 13 yil o'tib dunyoning eng yirik korporatsiyalaridan biriga aylandi.

Bilmasvoylar uchun Google haqida qisqacha ma'lumot:

Mashhur qidiruv tizimi Googlening tarixi 1996 yillarda boshlangan.Uning asoschilari Stendford universitetining ikki talabasi Sergey Brin (Sergey Brin) va Larri Peydjlardir (Larry Page). Boshida bu qidiruv tizimi talabalarning diplom loyihasi bo‘lib, "BackRub" deb nomlangan.

Ko‘p o‘tmay bu ikki talaba o‘z loyihalari Google nomi bilan Stendford univyersiteti saytida ishga tushirishgan. Google so‘zi esa Sergey Brinning Googol so‘zini noto‘g‘ri yozganidan kelib chiqqan (tahr. "Googol" - 10ning 100-chi darajasi).

1997 yilning 15 sentabrida Google.com domeni ostida sayt ro‘yxatdan o‘tgan va keyinchalik, 1998 yil 4 sentabrda Syuzan Voajich ning ijaraga olingan garajida Google kompaniyasi dunyoga keldi. Ushbu kun Googlening eng yirik qidiruv tizimiga aylanishiga katta hissa qo‘shgan inson bu jamoa safiga qo‘shilgandi.

Mashhur Gmail, YouTube va Picasa xizmatlari Google korporatsiyasiga tegishli.
Googlega asos solinishida o'ynagan katta roli va kompaniyaning yutuqlariga qo'shgan ulkan hissasiga qaramasdan, Syuzan Voajich matbuot nazaridan chetda qolib ketgan.

13 yil avval kichkinagina kompaniya sohibasi bo‘lgan Syuzan Voajich Google korporatsiyaga 16-chi xodim va birinchi marketing bo‘yicha menedjer qatori ishga qabul qilingandi. Xozirgi kunda u Googlening12 katta vitse prezidentlarning biri bo‘lib, uning vitse prezidentlar orasida ham o‘rni o‘zgacha: u boshqarayotgan reklama produksiyasi Googlening 2010 yildagi 96 foizdan oshiqroq daromadini tuzdi.

42 yoshli Syusan Voajich Google tarixida juda ko‘p o‘zgarishlar va yangi g‘oyalar tashabbuskori bo‘ldi: AdSense boshqa sayt va bloglarda Google reklamasini joulashtiruvchi loyiha, DoubleClick va YouTube ham uning ijod mahsulidir. Hatto Google bosh sahifasida paydo bo'lib turadigan Doodle - biror bir tarixiy sanaga atalgan va turli rang va xajmlarda yozilgan Google so‘zi - ham Syuzan Voajichga tegishli.

Shunday bo'lsada, Syuzan Voajichning kompaniyaning eng muhim Googlechilardan biri ekanligi, uning garaji va o‘zi Google tarixi va kelajagini tuzgani ko‘pchilikka noma‘lum.

Voajich xizmatlari Googleplex (Googlening bosh ofisi) tashqarisida “o‘z o‘rnida” baholanmadi, deb aytgandi Twitter bosh direktori sobiq Googlechi Dik Kostolo. “Fikrimcha bu Susanni qiziqtirmasa ham kerak. U qilayotgan o‘z ishidan juda ham mamnun, unga Googlening rahbariyati va xizmat jamoasi ko‘rsatayotgan hurmat ehtirom ham yetib ortadi”.

Kompaniya ichida og‘ir bosiq, iste‘dodli menedjer, hammaga ilhom ulashuvchi pozitiv inson qatori tanilgan Syuzan, kelajakka bo‘lgan ishonchi va intilishlari bilan ham mashhur. Uning bu ishonch va intilishlarini Googlening o‘zida ham kuzatish mumkin. Googlening bosh "moneymaker"i qatori, Syuzan Voajich boshqarayotgan reklama mahsulotlari 2010 yilda $28.2 mlrd daromad olib keldi.

"Shuning uchun men o‘z ishimni yaxshi yaxshi ko‘raman. Men uchun ijod , yangi g‘oyalarni amalga oshirish asosiysi", deb aytdi Syusan Voajich o‘zining kam sonli intervyularidan birida Mercury Newsga. “Men uchun g‘oyalarni o‘ylab topish va ularni amalga oshirish juda muhim. Google menga bu niyatlarimni amalga oshirishga imkoniyatlar yaratdi, u orqali men g‘oyalarimni amalga oshira olaman va ulardan dunyodagi barcha insonlar foydalana oladilar”.

Syuzan Voajich yana bir jihati bilan boshqalardan farqli. U Google vitse prezidentlari orasida avvalgilardan bo‘lib to‘rt bolaning onasi bo‘ldi. Bu bilan u ham ishda ham oilada ilg‘orlardan ekanini isbotladi. Bunday ayollar nafaqat Google korporatsiyasida balki katta biznesda ham juda oz.

*****

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG