Линклар

logo-print

Tahrir maydonidagi namoyish zo‘ravonlikka aylanib ketdi (suratlar)


Oddiy tosh bo'laklari Tahrir maydonidagi namoyishchilarning asosiy quroliga aylangan.

Oddiy tosh bo'laklari Tahrir maydonidagi namoyishchilarning asosiy quroliga aylangan.

2 fevral kuni Qohiraning Tahrir maydonida 30 yildan beri Misrni boshqarib kelayotgan prezident Husni Muborak tarafdorlari va uning iste‘fosini talab qilayotgan namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.

Muborak tarafdorlari prezident iste‘fosi talabi bilan bir necha kundan beri yig‘ilish o‘tkazayotgan minglab namoyishchi to‘plangan maydonga kirib kelganidan keyin to‘qnashuvlar boshlandi.

Xabarlarga ko‘ra, ikki tomon bir-birini toshbo‘ron qilgani oqibatida yuzlab odam jarohatlangan. Maydonni o‘rab olgan qurolli kuchlar to‘qnashuvlarni to‘xtatishga aralashmadi.

Muborak muxoliflari¸ tartibsizliklarning fuqaro kiyimidagi maxsus kuchlar tomonidan uyushtirilayotganini aytmoqda.

Maydonga bostirib kirganlarning aksari yoshi 20-30 atrofida bo‘lgan erkaklar bo‘lgan. Ular Husni Muborakni "barqarorlik timsoli" sifatida ta‘riflaganlar.

Misrning davlat matbuoti ularni "barqarorlik tarafdorlari" sifatida tilga oldi.

Hozirga qadar "Tahrir" maydonidagi to‘qnashuvlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, mingga yaqin odam jarohatlandi.

O‘z navbatida, Ichki ishlar vazirligi rasmiylari muxolifatning "zo‘ravonliklar ataylab uyushtirilgan" degan iddaosini rad etmoqda.

Misr muxolifati namoyishchilarni uyga qaytish haqidagi armiya chaqirig‘iga bo‘ysunmay, prezident Husni Muborakka qarshi namoyishlar davom ettirish niyatida.

Qohiradagi kechagi xodisalar xalqaro hamjamiyatni junbushga soldi. BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun Misrda tinch namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonliklarni keskin qoraladi.

1 fevral kuni mamlakat televideniyesi orqali xalqqa qilgan murojaatida Muborak sentabr oyida bo‘ladigan prezidentlik saylovida ishtirok etmasligi¸ ammo unga qadar iste‘foga ham chiqmasligini aytdi.

Tahrir maydonidagi to'qnashuvlar suratlarda:

XS
SM
MD
LG