Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:39

Ilon Mask: Bizga uchar avtomobillar emas, yer osti tunnellari kerak


Taniqli tadbirkor va muhandis, SpaceX shirkati yetakchisi Ilon Mask uchar avtomobillar haqida o‘z fikrini bayon qildi. Unga ko‘ra, uchar avtomobillar erdagi odamlarga katta xavf tug‘diradi.

“Agar birorta odam o‘z uchar avtomobilini yaxshi qaramasa, uning kolpagi boshingizga tushib, uni tanangizdan judo qilishi mumkin”, deydi Mask.

Mask yaqinda Bloomberg nashriga bergan intervyusida uchar avtomobillardan haqiqatan foydalanishni istasak, bunday avtomobillar yuradigan yo‘llar va yer ustida yurgan yo‘lovchilar xavfsizligi haqida ham o‘ylashimiz kerakligini ta’kidladi.

Shundoq ham tiqilinch ko‘chalarda yurish kishiga rohat bag‘ishlamaydi. Endi ustimizda og‘ir metall qutilar uchib yursa, qay ahvolga tushishimizni tasavvur qiling!

“Tepangizda og‘ir vaznli narsalar shovqin solib tursa yursa, xavotirlarinigiz ozaymaydi”, deydi Mask.

Uchar mashinalar biz uchun ertakligicha qolmaydi. Yil boshida Dubay iyul oyigacha jahondagi ilk uchar taksi xizmatini yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi.

Dubayni uchar taksilar bilan ta’minlashni rajalashtirayogan EHang shirkati xodimi Derrik Syun o‘tgan yilda Forbes nashriga bergan intervyusida: “Yo‘lovchilar uni boshqarishni bilishlari shart emas. Ularga uchuvchi litsenziyasi ham kerak emas”, dedi.

Ammo Mask Marsga fazogir yuborish uchar mashinalarni yo‘lga qo‘yishdan ko‘ra osonroq bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Muhandis sifatida tadbirkor uchar mashinalar bilan bog‘liq eng katta muammo yerning torish kuchi bo‘lishini aytadi.

“Fizika qonunlari o‘z kuchida qolar ekan, har qanday uchar avtomobil osmondan yerga qulamaslik uchun katta kuch ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Bu esa yerdagi odamlar ancha shamol va shovqinga duch keladi, degani. Havoda bir-biri bilan to‘qnashgan avtomobillardan tushadigan chifindilarni esa qo‘yaverasiz”.

Mask buning o‘rniga yer ostida tunnel qazishni qo‘llaydi. Oy boshida tadbirkor SpaceX hududida qaziy boshlagan ulkan yer osti tunnelining birinchi bo‘limini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik.

Yer osti tunnelarida mashinalar ham harakatlana oladi.

Ammo ular yerning sathini bo‘shatishi haqida xavotir tug‘iladi. Maskning aytishicha, bu muammo bo‘lmaydi, chunki insonlar uzoq yillardan beri tunnel qilib keladi, yerning hajmi esa juda katta.

“Yer katta, biz esa kichkinamiz. Biz shunchalik kichkinamizki, bunga ishonish qiyin”.

XS
SM
MD
LG