Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:45

Tekshirish navbati "Carlsberg Uzbekistan" shirkatiga keldi


Uzbekistan - Carlsberg Uzbekistan logo from oficcial website
Uzbekistan - Carlsberg Uzbekistan logo from oficcial website
O‘zbekiston-Daniya qo‘shma korxonasi taftish qilinayotgani haqida “Uzmetronom” vyeb sayti xabar qildi.

Toshkentda "Carlsberg Uzbekistan" shirkatining xo‘jalik faoliyati tekshirilmoqda. “Uzmetronom” nashri manbasiga ko‘ra, kompaniyaning tayyor mahsulotlar omborlari tekshiruv tugagunga qadar muhrlab qo‘yilgan.

Yuz foiz xorij kapitali hichobiga faoliyat yuritadigan "Carlsberg Uzbekistan" qo‘shma korxonasida o‘zbekistonlik pivoxo‘rlar orasida bozori chaqqon bo‘lgan "Sarbast", "Tuborg", "Baltika" kabi pivoni ishlab chiqarib kelgan.

Shirkat matbuot xizmati vakili Sobir Nazarov Ozodlik bilan suhbatda bu mavzu “munozarali masala” ekanligini aytib, bir ozdan so‘ng ma‘lumot bera olishini bildirdi.

Keyinroq u kishi bilan bog‘langanimizda Sobir Nazarov, “Uzmetronom”da berilgan xabarni mish-mish, deya atadi.

Ayni paytda rasmiy tasdiq olish uchun Ozodlik "Carlsberg Uzbekistan" shirkatining bosh direktori Yevgeniy Shevchenko bilan bog‘lanishga urinmoqda.

O‘z ismi va ovozi yozilishini istamagan "Carlsberg Uzbekistan" kompaniyasiga yaqin manbalardan biri, bunday tekshiruvlar odatiy ekani va har yil o‘tkazilib turishini aytdi. Unga ko‘ra, mazkur shirkatini yo‘q qilish O‘zbekiston g‘aznasini yirik soliq to‘lovchidan mahrum etishi mumkin.

Biroq shunday harakat bo‘lganda ham, deydi manba, bu "Carlsberg Uzbekistan" kompaniyasi xo‘jalik faoliyatida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygani uchun emas, balki kimningdir shaxsiy manfaatlariga halaqit berayotgani uchungina qilinishi mumkin.

Tafsilotlar bilan kun davomida tanishishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG