Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:57

Telejurnalistlar sudi yana qoldirildi


O‘zbekistonlik telejurnalistlar Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova.
O‘zbekistonlik telejurnalistlar Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova.
Xalqaro matbuot erkinligi kuni Toshkentda “Yoshlar” teleradiokompaniyasi sobiq jurnalistlari Saodat Omonova va Malohat Eshonqulovalar mahkamasi davom etdi.

Telejurnalist Saodat Omonova aynan 3 may - Xalqaro matbuot erkinligi kuniga ularning sud mahkamasi belgilanganligini ataylab qilingan harakat, deya baholadi.

- Bu ataylab qilingan narsa. Bizni ruhan ezish uchun qilingan narsa, deb o‘ylayman. Chunki bugun barcha jurnalistlar Butunjahon so‘z erkinligi kunini nishonlashayapti. Lekin biz, ming afsuski, unday erkinlikdan foydalana olmaymiz. Bunday huquqdan mahrum etilganmiz. Bayram qilayotganda ham, chin ko‘ngildan, quvonch bilan kutmaymiz. Chunki aslida erkinlik yo‘q, - dedi jurnalist Saodat Omonova.

С. Омонова: Ҳижобли аëл учун лавҳа кетмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:43 0:00
Бевосита линк


3 may kuni soat 15.30 ga belgilangan ochiq sud mahkamasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya elchixonalarining vakillari, huquq faollari kelishgan. Biroq bu safar ham ularda sud jarayonini kuzatish imkoni bo‘lmagan.

М. Эшонқулова: Раҳбарият билан келишиб лавҳани олиб ташлашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:47 0:00
Бевосита линк


Da‘vogar jurnalistlardan biri Malohat Eshonqulovaga ko‘ra, dastlab Toshkent shahar Shayhontohur tumanlararo sudi raisi Dilbar Isroilova kuzatuvchilarni umuman sud zaliga kiritmasligini aytgan.

- Shundan keyin biz turib: “sizning bu hatti-harakatingiz sudni xolis o‘tkazishingizga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otayapti. Shuning natijasida sizga nisbatan yana bir marta raddiya berishga majbur bo‘lamiz” deganimizdan keyin, tanaffus berib, raddiyamizni yozishga ruxsat berdilar. Biz tanaffus paytida tashqariga chiqib, raddiyadan oldin iltimosnoma yozishga qaror qildik, - dedi da‘vogar jurnalist Malohat Eshonqulova.

М.Эшонқулова: Гиëҳвандларни меҳмонхонага олиб келардик
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:13 0:00
Бевосита линк


Unga ko‘ra, jurnalistlar sud mahkamasini kuzatishga kelgan elchixona vakillari va huquq faollarini kiritishni so‘rab iltimosnoma yozishgan.

- Isroilova arizani o‘qib chiqqanidan keyin o‘ylanib qoldi. ”Mayli, qisman talablaringizni qanoatlantiraman. Biroq bino nobop joyda joylashgan, eski, ta‘mirtalab, xona nihoyatda kichkina. Beshta stuldan ortiq o‘rin yo‘q. Shuning uchun sizlarning mustaqil kuzatuvchilaringizdan 3 nafari, nari borsa 4 nafarini kiritishga ruxsat beraman, xolos. Ortiqchasini emas” dedi. Vaholanki, tashqarida o‘nga yaqin mustaqil kuzatuvchilar turgan edi. Shunda men turib, “Dilbar opa, "sizning mustaqil kuzatuvchilaringiz" demang. Chunki ular bizni ko‘zlab kelmayapti. Ular sudni qanday olib borilayotganini kuzatmoqchi, xolos. Bu birinchidan. Ikkinchidan, biz uchta, to‘rtta emas, hamma kuzatuvchilarni kiritishlaringizni talab qilamiz. Chunki kelgan uch elchixona vakillarining har birini yonida tarjimonlari bor. O‘sha elchixona vakillarining o‘zi olti kishini tashkil qiladi", dedik. Shuning uchun biz sudyaga shunday talab qo‘ydik - "O‘zbekistondagi qonunchilikka binoan hamma kuzatuvchilarning kirishiga ruxsat berasiz. Yo‘q, xona tor. Unday bo‘lsa stullarni kengaytiring. Oldin sud zalini tashkil qiling, keyin sud mahkamasini boshlang" deb talab qildik. Bu talabimizni qondirmaganidan keyin biz sudyaga yana bir bor raddiya berishga majbur bo‘ldik. Raddiyamiz bugungi sud ajrimi bilan qanoatlantirilmay qolindi, ya‘ni rad etildi. Takroran berilgan raddiyalar odatda qanoatlantirilmas ekan. Sudya shunday izoh berdi, - dedi jurnalist Malohat Eshonqulova.

“Yoshlar” teleradiokompaniyasini sudga bergan uning sobiq xodimlari Saodat Omonova va Malohat Eshonqulovalar mahkamasi 17 may kuniga qoldirildi.
XS
SM
MD
LG