Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:03

Temur Hakimovga xaridor ko‘paymoqda


O'zbekistonlik o'smir furbolchilar Abbosbek Maxstaliyev (o'ng) va Temur Xakimovlar Chexiya terma jamoasi hujumchisiga qarshi to'p uchun kurashmoqda. Torreon, Meksika. 25 iyun 2011 yil.
O'zbekistonlik o'smir furbolchilar Abbosbek Maxstaliyev (o'ng) va Temur Xakimovlar Chexiya terma jamoasi hujumchisiga qarshi to'p uchun kurashmoqda. Torreon, Meksika. 25 iyun 2011 yil.
Meksikada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida chorak finalga chiqqan O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinchilariga qiziqish ortmoqda.
O‘zbekiston Futbol federatsiyasidagi manbaning Rossiya axborot agentliklariga bildirishicha¸ 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon bellashuvidan so‘ng milliy terma jamoamiz hujumchisi Temur Hakimovga Germaniyaning “Shtutgart” va Rossiyaning “Zenit” klublari qiziqish ko‘rsatgan. Bu klub namoyandalari Meksikadagi o‘yinlar davomida Hakimov o‘yinini alohida qiziqish bilan kuzatishgan va uning o‘yinlari yozilgan videolavhalarni o‘zlari bilan olib ketgan.
Meksikadagi o‘yinlarda 11 raqam ostida maydonga chiqib, uchta gol urgan Temur Hakimov hozirda “Paxtakor” klubining o‘smirlar qanotida hujumchilik qilmoqda.
“Menga hozircha Germaniya va Rossiya klublaridan rasmiy taklif tushganicha yo‘q. Angliyaning “Arsenal” klubining ham menga qiziqishi borligidan o‘zim ham ommaviy axborot vositalari orqali xabar topdim”¸ degan Temur Hakimov Uff.uz internet nashriga jumladan.
Hozirda o‘zbekistonlik bir necha futbolchi xorij futbol klublarida to‘p surmoqda. O‘zbekiston milliy jamoasi o'yinchilari Shavkat Mullajonov (“Al-Ahli” Qatar)¸ Servyer Jeparov ("Seul" Janubiy Koreya), Temur Kapadze ("Incheon United" Janubiy Koreya), Aleksandr Geyrnix ("Suvon Bluings" Janubiy Koreya), Sanjar Tursunov ("Volga" Rossiya), va Odil Axmedov ("Anji" Maxachkala) shulardandir.
XS
SM
MD
LG