Линклар



Yana ikki Rossiya telekanalining O‘zbekistonda to‘xtatilishi ortida siësiy sabablar yo‘qligi aytilmoqda.
11.02.2011
Basira

Ayrim manbalar O‘zbekistonda kabel televideniyelari orqali ikki Rossiya telekanali ko‘rsatuvlari retranslyatsiyasining to‘xtatilishiga bu ko‘rsatuvlarning o‘zbekcha axloqdan yiroqligi sabab bo‘lgan desa¸ rasmiylari buni o‘zaro shartnomaning imzolanmagani bilan izohlamoqda.
Farg‘ona.ru axborot agentligining ëzishicha¸ "TNT" va "DTV" telekanallari ko‘rsatuvlari to‘xtatilishiga bu kanallarda o‘zbekcha zehniyat va odobiga mutlaq to‘g‘ri kelmaydigan ochiq-sochiq dasturlar sabab bo‘lgan. Agentlikning o‘z manbasiga asoslanib bildirishicha¸ Rossiya telekanallari ko‘rsatuvlarini O‘zbekistonda namoyish qilishni to‘xtatish buyrug‘i bevosita yuqori hukumat idoralaridan berilgan.

Butun mamlakat bo‘yicha kabel televideniyelari uchun mualliflik huquqini olib berish bilan shug‘ullanuvchi “O‘zbekiston kabel televideniyesi” yopiq turdagi hissadorlik jamiyatining ismi aytilishini istamagan xodimasi bunday taxminni inkor qiladi. Ozodlik suhbatlashgan rasmiyga ko‘ra¸ “TNT” va “DTV” Rossiya telekanallari bilan ular dasturlarini retranslsyatsiya qilish borasida tuzilgan shartnoma muddati tugagani bois¸ bu kanallarni kabel televideniyesi orqali ko‘rsatish to‘xtatilgan.

-Biz “TNT” va “DTV” telekanallarini hozircha translyatsiya qilmayapmiz.Chunki mualliflik huquqini beruvchi shartnomamiz imzolanmayapti. Hozircha bizda huquq yo‘q, shuning uchun ko‘rsatilmayapti. Shartnoma yilning boshidan boshqadan tuzilishi kerak. Yil boshidan qo‘yishmayaptiki, u yerdagi Rossiya telekanallarining chet el bilan shartnoma tuzish huquqi yo‘q ekan. Ularni o‘zida ozgina shu masalada spor bo‘layapti.

Shu paytgacha shartnoma tuziladi¸ degan maqsadda qo‘yib turgan edik. Afsuski¸ o‘sha shartnoma tuzilmadi. Mualliflik huquqini beruvchi soha bizniki. Bizda yo‘q, demak respublika bo‘yicha translyatsiya qilisha olmaydi. Endi qanchalik bu masala tez hal bo‘lsa, srazu qo‘yib yuboramiz, deydi "O‘zbekiston kabel televideniyesi” yopiq turdagi hissadorlik jamiyati xodimasi.

Suhbatdoshga ko‘ra, "O‘zbekiston kabel televideniyesi” jamiyati o‘tgan yilning dekabr oyida yangi shartnoma imzolash bo‘yicha Rossiyaning har ikkala telekanaliga ham murojaat qilgan¸ ammo shu paytga qadar ulardan tayinli javob bo‘lmagan.

Ayni paytda¸ mazkur jamiyatda 51 xorij telekanali ko‘rsatuvlarini O‘zbekistonda retranslyatsiya qilish ruxsatnomasi bor. Shulardan 7ta kanal pullik kanal hisoblanadi.

O‘zbekistonda “TNT” va “DTV” kanallarining to‘xtatilishiga¸ ular ko‘rsatuvlarining o‘zbekcha odob-axloqqa mos emas deb topilgani haqidagi norasmiy taxminlarga to‘xtalgan O‘zbekistondagi kabel televideniyesi tashkiloti xodimasi bu gapda jon borligi, biroq ikki telekanalning kabel xizmatidan yo‘qolganiga asosiy sabab bu emasligini aytadi:

- Birinchidan, bu narsa, har bir filmda ozgina-ozgina bor. To‘g‘ri, bizning mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan narsa-ku¸ lekin asosiy sabab bu emas, deydi Ozodlik bilan suhbatda.

O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi matbuot xizmati xodimi Elbek Dolimov¸ respublikada ikki Rossiya telekanali ko‘rsatuvlari to‘xtatilganligi bois yuzaga kelgan har xil taxminlarni to‘xtatish maqsadida hozirda rasmiy baënot hozirlanaëtganini bildirdi.

Rossiyaning “TNT” va “DTV” telekanallari rasmiylari o‘z ko‘rsatuvlarining O‘zbekistonda to‘xtatilgani borasida Ozodlik bilan gaplashishni istamadi.

Ayni paytda kabel televideniye orqali to‘xtatilgan bu ikki telekanal ko‘rsatuvlari, xonadonida sputnik antennasi bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun ochiq qolmoqda.
Saytga qo‘yilgan to‘siqni aylanib o‘tishga imkon beruvchi Proxy servyerlar ro‘yxatini bu yerdan topishingiz mumkin.Bu texnologiya Sizning Ozodlik va boshqa to‘silgan saytlarga kirishingiz uchun imkon beradi.
XS
SM
MD
LG