Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:20

Tog‘li Qorabog‘ chegarasida ozariy askari otib o‘ldirildi


Ozarbayjonlik askar Tog‘li Qorabog‘ yaqinida arman mergani tomonidan otib o‘ldirildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bu voqea yakshanba kuni ro‘y berganini bildirdi.

Bu aholisining aksari armanlar bo‘lgan va 1990 yillar boshida Armaniston bosib olgan Tog‘li Qorabog‘ chegarasi yaqinida joriy yilda otib o‘ldirilgan o‘n uchinchi ozarbayjonlik askardir.

90-yillardagi urushda taxminan 30 ming odam nobud bo‘lgan, undan yuz minglab odamlar o‘z joylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Ozarbayjon isyonkor o‘lkani qaytarib olish uchun harbiy kuch qo‘llashga bir necha marta tahdid qilgan.
XS
SM
MD
LG