Линклар

Bugun Tatariston poytaxti Qozon shahrida Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya prezidentlarining Tog‘li Qorabog‘ muammosini bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan so‘zlashuvlarning navbatdagi raundi o‘tkaziladi.

AQSh prezidenti Barak Obama uchrashuv arafasida Armaniston va Ozarbayjon prezidentlari bilan telefon orqali bog‘lanib, ularni Qorabog‘ mojarosini bartaraf etishga chaqirdi.

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha YeXHT Minsk guruhi hamraislari bo‘lgan mamlakatlar - Rossiya, AQSh va Fransiya - Dmitriy Medvyedev, Ilhom Aliyeva va Serja Sargsyanlar uchrashuvida Mojaroni bartaraf etishning asosiy prinsiplari qabul qilinishiga umid bildirdilar.

Yevropa Ittifoqi Tog‘li Qorabog‘ muammosining tinch yo‘llar bilan hal qilinishi tarafdori, lekin ayni paytda bu hududning shu kundagi maqomi saqlanishi masala yechimi emas.

Bu haqda Yevropa Komissiyasi rahbari Joze Manuel Barrozo kuni kecha Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Bryusselda o‘tkazgan so‘zlashuvlaridan so‘ng bayonot berdi.
XS
SM
MD
LG