Линклар

So‘g‘d viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot markazidan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli tojikistonlik tojik-o‘zbek chegarasidan O‘zbekiston hududiga noqonuniy o‘tayotgan paytda minaga duch kelib portlagan. U voqea joyida halok bo‘lgan.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, tojik-o‘zbek chegarasiga o‘rnatilgan minalardan halok bo‘lgan Tojikiston fuqarolari soni 73 kishiga yetgan.

O‘zbekiston tomoni bir tomonlama mina o‘rnatgan 2000 yildan buyon So‘g‘d viloyatida 155 kishi tojik-o‘zbek chegarasidagi minalardan zarar ko‘rganligi aytilmoqda. Shulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.
XS
SM
MD
LG