Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:31

Tojikiston chegarachisi O‘zbekistonga kuch bilan olib ketilgani aytilmoqda


Tojikiston Chegara qo‘shinlari Bosh boshqarmasi tojik chegarachisi qurol bilan O‘zbekiston chegarasini buzib kirganiga oid ayblovlarni inkor qildi.

Bundan avval O‘zbekiston Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi 7 iyun kuni Tojikiston chegarachisi qurol bilan O‘zbekiston chegarasini buzib kirgani va o‘zbek chegarachilari qurolini tortib olishga uringani haqida bayonot bergan edi.

“Chegara qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi Jahongir Baxtiyor qo‘shni davlat chegarachilari hujumiga uchragan, qurolsizlantirilgan va kuch bilan O‘zbekistonga olib ketilgan”, deyiladi CA-News nashri Tojikiston Chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasining O‘zbekiston aybloviga javoban bergan bayonotidan keltirgan iqtibosda.

Tojikiston tomoniga ko‘ra, 7 iyun kuni tojik harbiy xizmatchisi chegara chizig‘idan belgilangan tartibga muvofiq 450 metr narida xizmat burchini bajarayotgan kezda qonunga zid ravishda kuch bilan O‘zbekistonga olib ketilgan va keyinchalik muzokaralar natijasida o‘z xizmat joyiga qaytarilgan.
XS
SM
MD
LG