Линклар

Tojikistonda islomiy gazeta muharriri kaltaklandi


Dushanbe shahrida Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasiga tegishli “Najot” gazetasi bosh muharriri Hikmatullo Sayfullozoda kaltaklab ketildi.

Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi raisining o‘rinbosari Husayn Sayfullozodaning aytishicha, bugun ertalab Hikmatullo Sayfullozoda odatdagidek uyidan ko‘chaga chiqqanida ikki noma‘lum shaxs uning oldiga kelgan.

Bir necha daqiqa suhbatlashgach, u noma‘lum shaxslar bilan chakalakzorlar tomon ketgan. Oradan bir necha soat o‘tgach, odamlar uni qonga belangan holda topishgan.

Shifokorlarning aytishlaricha, ayni paytda Hikmatullo Sayfullozodaning ahvoli biroz durust, biroq u gapira olmayapti. Noma‘lum shaxslar uni asosan boshiga va yuziga urishgan.

Mazkur voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG