Линклар

Tojikistonda 20 iyun kuni o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida o‘tgan yilning 23 avgustida Dushanbedagi tergov izolyatoridan qochganlardan 2 kishi ushlandi, 2 kishi o‘ldirildi.

Tojikiston ichki ishlar vazirligiga tayanib Regnumning xabar qilishicha, qo‘lga olinganlardan biri o‘zbekistonlik, O‘zbekiston islomiy harakati a‘zosi Furqat Xolmetovdir.

Aytilishicha, amaliyot Rasht tumani markazidan 60 km masofadagi Gurgoni darasida o‘tkazilgan. Qo‘lga olingan yana bir shaxs Tojikiston fuqarosi Imomnazar Muqimovdir.

Yana ikki qochoq – Mazraxiddin Xudoyorov va Maxmadkarim Ibrogimovlar qarshilik ko‘rsatayotgan paytda o‘ldirilgan.

Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov izolyatoridan o‘tgan yilning 23 avgustida hammasi bo‘lib 25 mahbus qochgan edi. Aytilishicha, shu paytgacha qochqinlardan 15 kishi ushlangan, 4 nafari o‘ldirilgan.
XS
SM
MD
LG