Линклар

logo-print
Tojikiston parlamenti deputati fikricha, yangi “Tojik mujohidlari” harakati ortida O‘zbekiston turibdi.

“Bilishimcha, O‘zbekiston islomiy harakatidagilar O‘zbekistonning gumashtalari. Bu bayonot ham yana O‘zbekiston bilan bog‘liqmasmikan, deb qo‘rqaman. Tojik yigitlari bunday ish qilmaydi”, degan tojikistonlik deputat va Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi raisi muovini Saidumar Xusayniy Regnum muxbiriga.

27 aprel kuni tojik tilidagi bir qator saytlar “Tojik mujohidlari” degan nom ostidagi guruhning bayonotini e‘lon qildi.

Unda Mullo Abdulloh laqabi bilan tanilgan Abdullo Rahimovning hamda Ali Bedakiy laqabli Alouddin Davlatovlarning o‘ldirilishiga javoban Tojikiston hukumatiga tahdidlar bitilgan.

Bayonotda tilgan olinganlar, xabarlarga qaraganda, hukumat kuchlari o‘tkazgan amaliyot chog‘ida yo‘q qilingan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG