Линклар

Bugun Pokistonning shimoli-sharqidagi Peshavor shahrida AQSh konsulligi vakillari ketayotgan mashinalar karvoni yo‘lida bomba portladi.

AQShning Pokistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, portlash oqibatida konsullik vakillaridan hech kimga jiddiy jarohat yetmagan, AQSh elchixonasiga qarashli bitta avtomobil zararlangan.

Politsiya rasmiysi Liaqat Ali Xonga ko‘ra, portlash oqibatida mahalliy aholi vakillaridan biri halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangan.

- Portlash ertalab soat 8:25larda sodir etildi. Portlovchi modda mashinaga o‘rtatilgan, balki mashina yo‘lga joylashtirilgan portlovchi modda ustiga to‘g‘ri kelgan. Bu 50 kilogramm og‘irlikda portlovchi modda bo‘lgan,- dedi politsiya rasmiysi.

Tolibon AQSh konsulligi vakillariga hujum uchun ma‘suliyatni o‘z zimmasiga olganini ma‘lum qildi.

AQSh maxsus kuchlari Al-Qoida yetakchisi Usama bin-Ladinni 2 may kuni o‘ldirganidan keyin Pokistonda Al-Qoida va Tolibonning hujumlari kuchaygani kuzatilmoqda.

Pokistondagi toliblar va boshqa terroristik guruhlar Usama bin Ladin o‘limi uchun qasos olishlarini aytishgan.
XS
SM
MD
LG