Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:01

Toliblar Karachidagi harbiy bazani shturm qildi


Pokiston Ichki ishlar vaziri Rahmon Malik, Karachi, 23 may 2011 yil
Pokiston Ichki ishlar vaziri Rahmon Malik, Karachi, 23 may 2011 yil
Pokiston qo‘shinlari Karachi shahridagi harbiy flot bazasiga bostirib kirgan tolib janggarilariga qarshi jang qilmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Mehran” bazasiga o‘ndan ortiq janggari bostrib kirganiga 12 soatdan oshgan bo‘lishiga qaramay, otishmalar davom etmoqda.

Hujum uchun mas‘uliyatni toliblar o‘z zimmasiga oldi. Ular bu hujum Al-Qoida yetakchisi Usama bin Ladin AQSh kuchlari tomonidan o‘ldirilganiga javoban uyushtirilayotgan hujumlardan biri ekanini ta‘kildagan.

Harbiy baza matbuot kotibi to‘qnashuvda 12 nafar pokistonlik harbiy nobud bo‘lgani, o‘ndan ortig‘i yaralanganini ma‘lum qildi. Otishmalar paytida AQShda ishlangan bitta razvyedka samolyoti ham yo‘q qilingani aytilmoqda.

Pokiston Ichki ishlar vaziri Rahmon Malik Karachidagi bazaga uyushtirilgan hujumni Pokistonga qarshi terror xuruji deya baxoladi.

- Bu Pokistonga qarshi uyushtirilgan terrorizm akti. Bir oz oldin Tolibon va Al-Qoida Pokiston harbiy inshootlariga hujum qilishini e‘lon qilgan edi. Ular buni amalga oshirdi. Shu bois men Pokiston urush holatida, deyishim mumkin,- deya vaziyatga izoh berdi Pokiston Ichki ishlar vaziri.

Harbiylarga ko‘ra, janggarilar flot bazasidagi bitta binoni egallab olgan va o‘sha yerdan askarlarga qarata o‘t ochgan.

Ayni paytda Pokiston rasmiylari toliblar bazadagi bir necha xorijlik, jumladan, xitoylik harbiylar garovga olgani haqida matbuotda paydo bo‘lgan ma‘lumotlarni tasdiqlay olmasligini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG