Линклар

logo-print
O‘nlab Tolibon janggarilarining Pokiston shimoli-g‘arbidagi Peshovar shahrida blokpostga hujumi oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi, yana besh harbiy jarohatlandi.

Pokiston politsiyasining Frans pressga bergan intervyusiga ko‘ra, janggarilar Peshovardagi blokpostga yarim tunda hujum qilgan, biroq xavfsizlik kuchlari hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Biroq tongga yaqin janggarilar granamyotlar bilan qaytib kelib, yana blokpostga hujum qilgan.

Voqea Pokistonning Afg‘oniston bilan chegarasidagi, toliblar istehkomi hisoblangan Haybar viloyati yaqinida sodir bo‘lgan.

AQSh maxsus kuchlari Al-Qoida yetakchisi Usama bin-Ladinni 2 may kuni o‘ldirganidan keyin Pokistonda Al-Qoida va Tolibonning hujumlari kuchaygani kuzatilmoqda.

Seshanba kuni Pokistonning janubi-g‘arbidagi Kvyetta shahrida terror xurujini amalga oshirishga harakat qilgan Al-Qoidaning besh janggarisi otib o‘ldirilgan.
XS
SM
MD
LG