Линклар

Toshkent metropoliteni bekatlar yopilishini inkor qildi


Toshkent metro bekatlarining har biri betakror me‘morchiligi bilan ajralib turadi.

Toshkent metro bekatlarining har biri betakror me‘morchiligi bilan ajralib turadi.

Toshkent metropoliteni vakili may oyida metroning o‘nta bekati yopilishi haqidagi xabarlarni butunlay inkor qildi.

- Bu bo‘lmagan gap. Metro Markaziy Osiyoda yagona bo‘lsayu yana yopiladimi? Bu haqda umuman gap bo‘lishi mumkin emas. Kechirasiz bizda bu borada hech qanday ma‘lumot yo‘q. Sizga boshqa hech narsa deya olmayman,- dedi Toshkent metropoliteni xodimi.

May oyida Toshkent metropolitenining o‘nta bekati, jumladan, Yunusobod yo‘nalishining jami oltita bekati ham yopilishi rejalashtirilayotgani haqida, Toshkent shahar hokimiyatidagi manbaga tayanib uznews.net sayti xabar tarqatdi.

Sayt tarqatgan xabarda aytilishicha, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev aylanib chiqqan ayrim bekatlarda yo‘lovchilar kamligi bois ulardan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarasiz ekanini aytgan.

Sayt ma‘lumotiga ko‘ra, Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi “Ming o‘rik”, “Yunus Rajabiy”, “Abdulla Qodiriy”, “Minor”, “Bodomzor”, “Habib Abdullayev” bekatlari va Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin”, “Milliy bog‘” hamda “Toshkent” bekatining Shimoliy temir yo‘l vokzaliga chiqish bekatlari yopilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, bu ro‘yxatda O‘zbekiston yo‘nalishining "Chkalov" bekati ham bor.

Metro bekatlarining yopilishi natijasida taxminan 300 ishchi o‘rni qisqarishi mumkin.
XS
SM
MD
LG