Линклар

logo-print

"Toshkent talabalardan qamal qilinmoqda"


Toshkentni viloyatdan kelgan talabalardan holi qilish g‘oyasi 20 yildirki mahalliychi mulozimlar tarafidan parvarishlab kelinadi, deydi kuzatuvchilar.

Toshkentni viloyatdan kelgan talabalardan holi qilish g‘oyasi 20 yildirki mahalliychi mulozimlar tarafidan parvarishlab kelinadi, deydi kuzatuvchilar.

O‘zbekistonda 20 iyun kuni oliy o‘quv yurtlariga abituriyentlarni qabul qilish davlat komissiyasi ish boshladi. Viloyatdan kelgan talabalarni Toshkent oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda cheklashlar kuzatilmadi. Qabul mavsumi arafasida talabalar va Toshkent aholisi orasida “Viloyatdan kelganlar Toshkentdagi oliy o‘quv yurtiga qabul qilinmas ekan degan” mish-mishlar tarqagan edi. Internetdagi Uznews.net nashri O‘zbekiston oliy va o‘rta ta‘lim vazirligi, viloyatdan kelganlarning hujjatlari poytaxt oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinmasin degan og‘zaki “tavsiya” bergani haqida yozdi. O‘zbekiston oliy va o‘rta ta‘lim vazirligining Ozodlik bilan gaplashgan mulozimi bunday “tavsiya” berilmaganini aytdi. Qabul komissiyasi oldidan O‘zbekiston poytaxtida vaqtincha qayddan o‘tish ta‘qiqlangani bois viloyatdan kelgan abituriyentlar maqomi noaniq qolmoqda.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta ta‘lim vazirligining o‘zini Sardor deb tanishtirgan mulozimi, viloyatdan kelganlarning hujjatlari Toshkent oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinmasin, degan gap asossiz ekanligini aytdi.

Unga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish borasidagi qonun-qoida va yo‘l-yo‘riqlarga bu yil o‘zgartish kiritilmagan.

Mirzo Ulug‘bek nomli Milliy univyersitet rektori yordamchisi, o‘zini Lyudmila deb tanishtirgan suhbatdosh nazarida, “viloyatdan kelgan abituriyentlar hujjatlarini qabul qilmaslik” degan jumla, mohiyatan nomaqbuldir.

- Biz respublika oliygohimiz. Respublikaning qaysi burchagidan kelgan bo‘lmasin, barcha uchun eshigimiz ochiq. Oliy o‘quv yurti bir shahar uchun emas, balki butun respublikaga oid o‘quv maskanidir. Qolavyersa, O‘zbekiston fuqarolarining erkin harakatlanish va ta‘lim olishi kabi tamal huquqlari bor. Yana bir bor takrorlayman, viloyatdan kelganlarga Milliy univyersitetimizda hech qanday cheklov yo‘q, deydi Milliy univyersitetning o‘zini Lyudmila deb tanishtirgan mutasaddisi.

Oliygohlarga qabul mavsumi boshlanishini kuzatayotgan toshkentlik jurnalist Abdurahmon Tashanov ham mulozimlar fikrini tasdiqladi.

- Men qabul komissiyasida ishlayotgan ikkita-uchta o‘qituvchilar bilan gaplashdim. Ularda bunaqangi ta‘qiq yo‘q. Hozir na ko‘rsatma, na og‘zaki birorta bir buyruq yo‘q. Lekin umuman Toshkentga propiskani to‘xtatish haqida rasmiy hujjatlar bor. Fuqarolarning propiskasini vaqtinchalik, doimiy propiskani to‘xtatish bo‘yicha, masalan, mening qo‘limda hujjat bor. Bu Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining rasmiy xati. Lekin abituriyentlarning dokumentini qabul qilmaslik to‘g‘risida hozicha bunaqa ko‘rsatma ham yo‘q. Hozir ham davom etayapti. Viloyatlardan kelib bolalar dokumentlarini topshirayapti, deydi Abdurahmon Tashanov.

Viloyatdan kelgan abituriyentlar cheklovsiz poytaxt oliygohlariga qabul qilinayotgani fakti Toshkent ko‘chalaridagi mish-mishlar oqimini to‘xtata olmadi.

Bunday mish-mishlar Toshkentdan 1000 kilometr uzoqdagi Xorazmga ham yetib bordi, deydi shaxsini oshkor qilishni istamagan shovotlik suhbatdosh.

- Bizlar ham shunday gap-so‘zlarni eshitdik. Qo‘shnilar aytib o‘tirishgan edi bu yil har kim o‘zining oblastida o‘qirkan deb. 100 foiz unaqa bo‘lmasa kerak. Unaqa qilishga haqqi yo‘qku,- deydi xorazmlik suhbatdoshimiz.

Toshkentni talabalarsiz shaharga aylantirish g‘oyasi 1992 yil yanvarida yuz bergan studentlar isyonidan keyin o‘rtaga chiqdi.

O‘shanda talabalar isyonidan cho‘chigan prezident Islom Karimov har bir viloyatda univyersitetlar ochish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Viloyatlardagi pedinstitutlar univyersitetlarga aylatirildi. Toshkentga viloyatdan kelgan talabalar o‘qishlarini viloyatda davom ettirish uchun maxsus avtobus va uchqichlarda bir hafta ichida uylariga ketkazildi.

20 yildirki Toshkentni viloyatdan kelgan talabalardan holi qilish g‘oyasi mahalliychi mulozimlar tarafidan parvarishlab kelinadi.

1999 yilda O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan Alisher Azizxo‘jayev O‘zbekiston televideniyesi xodimlari umumiy yig‘ilishida chiqish qilib, “Toshkent - toshkentliklar uchun” degan fikrni bayon qilgan edi.

“O‘zga yurtning bog‘i bilan bog‘chasi, o‘z yurtimning tikonicha tatimas deb qo‘shiq aytishadiyu, ammo o‘qish uchun kelib Toshkentda qolib ketishadi”, degan edi Alisher Azizxo‘jayev.

O‘z TVning keksa jurnalistlari O‘zbekiston prezidentining ham toshkentlik emasligini eslatganidan keyin Azizxo‘jayev mavzuni o‘zgartirishga majbur bo‘lgani eslanadi.

Jurnalist Abdurahmon Tashanov nazarida bu saviyadagi mulozimlar hanuz Toshkentni O‘zbekiston aholisidan qamal qilish siyosatini davom ettirmoqda.

- Juda katta mahalliychilar bor. Mahalliychilikni davlat boshqaruv organlari darajasigacha olib chiqqan odamlar bor. Agar ularning qo‘lida imkon bo‘lganda edi, haqiqatan Toshkentni yopishi yoki boshqa qilishi mumkin edi, viloyatdan kelganlarni qo‘ymasligi mumkin edi. Bu masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi tomoni bor...

Abdurahmon Tashanov bilan suhbatni to‘la holda quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG